Nomi ma`lum qilinmayotgan Xitoy kompaniyasi vakillari OAVning diqqat markaziga tushishdi, ular xodimlarini kuniga 10 ming qadam bosishga majbur qilishmoqda. Ushbu me`yorni bajarmagan xodim boshqa og`irroq sport mashqlarini bajarishga majbur qilinadi. Ko`plarga ish beruvchining ushbu talabi yoqmaydi.
Kompaniya ishchilaridan biri suxbatdan o`tayotganda uning shartnomasiga 10 ming qadam bosish talabi qo`yilganligidan noroziligini aytib o`tdi, bu esa 8 kilometrni bosib o`tdi degani. Masofa bosib o`tilganligi ishga kirayotgan chog`da berilgan qadam o`lchagichlar yordamida nazorat qilinadi.
Xitoylikning so`zlariga ko`ra, shundan buyon u ishxonaga piyoda yo`l bosib o`tmoqda. Uning hamkasblari esa tushlikda ovqat eyishni o`rniga ko`chaga sayrga chiqishadi.
Firma vakillari xodimlarining salomatligidan tashvishlanganliklari uchun ushbu talabni qo`yishayotganligini ma`lum qilishdi.
“Bizning xodimlar asosan kompyuter oldida o`tirib ishlashadi. O`troq ishda ishlaydigan odamlar ko`proq kasal bo`lishi allaqachon isbotlangan fakt. Biz xodimlarimizni salomat va faol bo`lishlarini istaymiz”, — deydi kompaniya xodimi.





