AsosiyDunyo

15 yoshli balerina minglab odamlarda yashashga ishtiyoq uyg`otmoqda (Video)

Yosh Lizzi Xoeull balet harakatlari aks etgan videoni joylab, minglab internet foydalanuvchilarni ruhlantirmoqda.

Aksariyat foydalanuvchilar Lizzining o`ziga bo`lgan ishonchidan lol qolib, buni butun dunyo ayollari uchun namuna sifatida ko`rsatishmoqda. Yosh balerinaning o`zi odamlarni ruhlantirayotganidan juda mamnun. Lizzi har qanday salbiy fikrlarga yumor bilan munosabat bildirishga urunmoqda. U andozalar ularni buzish uchun chiqarilgan deb hisoblaydi.

Video joylangach bir necha haftada Lizzining Instagram’dagi kuzatuvchilari 45 mingdan oshdi, rolik esa 155 ming marta ko`rildi. O`zining akkauntida Lizzi balet maktabidagi mashqlari aks etgan video chiqishlarini joylab boradi.

Lizzi balet bilan 5 yoshdan buyon shug`ullanadi, bundan tashqari u jazga qiziqadi, ammo raqsga bo`lgan qiziqish uning uchun eng muhimi. Ayni damda Lizzi raqs bilan yaxshiroq shug`ullanish uchun ozishga harakat qilmoqda.

“O`zingiz sevgan narsalar bilan shug`ullaning, hech kim bunga to`sqinlik qilishiga imkon bermang”, — deya maslahat beradi Lizzi.

 

 

 

 

 

 

Boshqa yangiliklar