Bu manzara hayvonot bog`i tomoshabinlarining kayfiyatining ko`tarilishiga sabab bo`ldi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.
Avstraliyaning Symbio Wildlife Park nomli hayvonot bog`iga tashrif buyurganlar Jular nomli yo`lbarsning katagi ichidagi hovuzda suzgan o`rdakni videoga olishdi. O`rdak goh yo`lbarsning yaqiniga kelib, goh suv tagiga sho`ng`ib, uning asabiga tegdi. O`rdakning har safar yo`lbarsdan qochib qutilishi tomoshabinlarning kulgisiga va olqishiga sazovor bo`ldi.
Ba`zi bir tomoshabinlar esa qirg`oqqa quruq qo`l bilan chiqqan yo`lbarsga achinishdi.





