Pokistonning Kurram viloyatidagi bozordagi portlash oqibatida 18 kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri
Portlash oqibatida 51 kishi yarador, 18 kishi halok bo`ldi. 18 nafar halok bo`lgan odamdan 11 nafari jarohati og`ir bo`lganligi tufayli tibbiy yordam ko`rsatilayotganda olamdan o`tgan. Shifokorlar yana bir nechta yaradorlarning ahvoli og`irligi haqida ma`lumot berdi. Mazkur portlashni Pokistonda faoliyat yuritayotgan birorta terrorchilik tashkiloti bo`yniga olmadi. Huquq-tartibot idoralarining bergan ma`lumotiga ko`ra, bozorda qo`ldan yasalgan bomba portlagan.





