AsosiyDunyo

Italiyadagi mudhish YTH oqibatida 16 nafar bola halok bo`ldi

Italiyada sodir bo`lgan YTH oqibatida 16 nafar bola halok bo`ldi. 30 dan ortiq o`quvchilar og`ir ahvolda kasalxonaga etkazildi. 

Ularning barchasi ekskursiyadan qaytayotgan Vengriya fuqarolari bo`lgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, boshqaruv vaqtida haydovchining ahvoli yomonlashgan va avtobus ko`prik ustuniga borib urilgan, oqibatda kuchli yong`in yuzaga kelgan. Qurbonlarning ko`pligiga sabab to`qnashuvdan so`ng, aksariyat yo`lovchilar avtobus ichida qamalib qolgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, avtobusda 14 dan 18 yoshgacha bolalar bo`lgan. Halokat yarim tunda San-Martino-Buon-Albergo kommunasida sodir bo`lgan.

Boshqa yangiliklar