AsosiyDunyo

​Barak Obamaning vertolyoti Kaliforniyaga etib borolmadi

'​Barak Obamaning vertolyoti Kaliforniyaga etib borolmadi'ning rasmi

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama oilasi bilan mingan vertolyot bo`ron tufayli manziliga etib borolmay, qo`nishga majbur bo`ldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

AQShning 44 prezidenti Barak Obama oilasi bilan chiqqan vertolyot Vashington yaqinidagi Endryus harbiy-havo aviabazasidan Kaliforniya tomon yo`l olgan edi. Sobiq prezident harbiylar bilan xayrlashish uchun aviabazaga borgan. Hozircha sobiq prezidentning vertolyoti qaerga qo`ngani haqida ma`lumot berilmadi.

Barak Obama 20 yanvar kuni o`z lavozimini Trampga topshirdi. Aynan shu kuni uning oilasiga tegishli so`nggi buyumlar Oq uydan olib chiqildi.

    Boshqa yangiliklar