Qiziqchi va komik aktrisa Halima Ibragimova kecha tunda sodir bo`lgan noxush hodisa haqida ma`lum qildi.
“Bugun tunda soat taxminan 00:03 larda uyimda noxush hodisa sodir bo`ldi. Avtomobilimga noma`lum shaxs tomonidan zarar etkazildi. Ko`chamdagi kameramga tushib qolgan videodan ma`lum bo`lishicha, bu ishni kamida ikki kishi qilgan”, deb yozadi Halima Ibragimova o`zining Instagram`dagi sahifasida.
Halima Ibragimova avtomobiliga aynan qanday zarar etkazilgani haqida ma`lumot bermagan. U mazkur hodisa guvohlaridan pul mukofoti evaziga ma`lumot berishlarini so`ragan.