AsosiyDunyo

​Germaniyada keng miqyosdagi terrorchilikni amalga oshirmoqchi bo`lgan erkak qo`lga olindi

'​Germaniyada keng miqyosdagi terrorchilikni amalga oshirmoqchi bo`lgan erkak qo`lga olindi'ning rasmi

Germaniyaning Noys shahrida keng miqyosdagi terrorchilikni amalga oshirmoqchi bo`lgan erkak rafiqasi bilan birga qo`lga olindi, deb xabar berdi “Ntv.ru” nashri.

Keyinchalik uning rafiqasi qo`yib yuborildi, erkakning o`zi esa qamoqqa olindi. Dyusseldorf prokuraturasining qo`lga olingan erkakning Venada keng miqyosdagi teraktni amalga oshirmoqchi bo`lganiga etarlicha asosi bor. Erkakning uyida tintuv o`tkazilganda, potrlovchi moddalar tayyorlash uchun ishlatiladigan moddalar topildi. Gumonlanuvchining kompyuteri, uyali aloqa vositasi va boshqa elektron qurilmalari olib qo`yildi. Hozirda tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.

Juma kuni Vena shahrida yana bir gumonlanuvchi qo`lga olingan edi. U Noys shahrida qo`lga olingan erkak bilan tanish bo`lib chiqdi.

    Boshqa yangiliklar