1

​Dunyoni aynan ezgulik qutqarishini isbotlovchi 10 hodisa

Dunyo 23.01.2017, 15:57
Teglar: Futbol, Ona
​Dunyoni aynan ezgulik qutqarishini isbotlovchi 10 hodisa

Ona sayyoramizdagi har bir inson ezgulik va mehr-muhabbatga ehtiyoj sezadi. Bu tuyg`ular odamlarga eng bedavo darddan tuzalishga, inson qadami etmagan orolda jon saqlashga, aosiysi hayotidagi bo`shliqni baxt va quvonchga to`ldirishga yordam beradi.

Biz ham ezgulik yo`lida bajarilgan har bir harakat izsiz ketmasligiga, e`tiborsiz qolmasligiga ishonamiz. Shuni hisobga olib, quyida bag`rikeng va olijanob insonlar hayotidan olingan yangi lavhalar bilan sizni tanishtirishni lozim topdik.


Veterinar ayol 1100 ta mushukni asrab oldi

67 yoshli Lini Lattansioning haqiqatan ham bag`ri keng. U 7 yildan beri ko`chada qarovsiz qolgan mushuklarni bag`riga olib, ularni davolab, yangi oilalarga joylashtirish bilan mashg`uldir. Lini ancha vaqtgacha, hech kimning ko`magisiz bu ishlarni mustaqil ravishda bajardi. Biroz keyin unga ko`ngillilar yordam bera boshladi. Ayni vaqtda Linining xonadonida sog`lom, parvarish qilingan 1000 dan ortiq mushuklar istiqomat qilmoqda.


Saraton kasalligiga chalingan ayollarning uyida tekinga xizmat qiluvchi firma

Kompaniya asoschisi Debbi Sardonning bu g`oyani amalga oshirishiga mijozlardan birining saratonga qarshi davolanayotgani tufayli mazkur kompaniya xizmatidan foydalana olmasligi haqida qilgan qo`ng`irog`i sabab bo`lgan. Kompaniyaning maqsadi saratonga chalingan ayollarni uy yumushlaridan butunlay ozod etib, ularning butun diqqat-e`tiborini sog`ligi va davolanishga qaratishdan iboratdir. 2006 yilda beri firma 19 ming nafar ayolga xizmat ko`rsatib, xizmat uchun 5,5 million dollar pul sarfladi.


Kasal va daydi itga hayot baxsh etgan ayol

O`tgan yilning aprel oyida gresiyalik Valia Orfanidu ko`chada yotgan kasal itga ko`zi tushdi. U itga yordam berishni ko`ngliga tugdi, ammo yordam berish oson ish emasdi. Og`ir kasallik holdan toydirgan Pyotr (itning laqabi) odamlarni ko`rganda qo`rquvdan qaltirardi. Ammo ayol ortga chekinmadi, oradan ma`lum muddat o`tgach, it tanib bo`lmas darajada o`zgardi.


Erkak uysiz daydini har kuni qahva bilan mehmon qildi, daydi esa uning yaxshiligini qaytardi

Har kuni ertalab o`zining sevimli qahvaxonasida nonushta qiladigan Jo Uilson qahvaxona yonida turadigan daydi erkak Danielni sovuq kunlarda qaynoq qahva bilan mehmon qiladigan bo`ldi. Odatdagi kunlardan birida u nonushta qilish uchun qahvaxonaga kirdi va ovqat haqini to`lamoqchi bo`lganda, ofisiant unga ovqat va xizmat haqi to`langanligini ma`lum qildi. Ma`lum bo`lishicha, Daniel lotereyada pul mukofotini qo`lga kiritgani uchun sovuq kunlarda uni qaynoq qahva bilan siylagan Joga minnatdorchilik tariqasida ovqat pulini to`lagan ekan.


Zoologlar to`dadan qolib ketgan fil bolasini uyda parvarish qilishdi

To`dadan ajralib qolgan fil bolasi daryodan o`tayotganda oqib ketishiga bir bahya qoldi. Agar zoologlar uni qutqarib, uyiga olib ketmaganlarida chiyabo`rilar qurboniga aylanishi hech gap emasdi. Zoologlar filchani Moyo deb atashdi. U xuddi kuchuk bolasidek, bezori va tinib tinchimasdir. Filcha o`zini o`z uyida yurgandek his qiladi, uni atrofdagi hamma narsa qiziqtiradi, doimo sho`xlik qiladi. Filcha nimaiki qilmasin, mehr-muhabbat og`ushida, xavfsiz joyda voyaga etmoqda.


Afg`on qishlog`ida yashovchi kambag`al bolaning orzusini ro`yobga chiqargan futbolchi

Ustiga polietilen paketdan yasalgan Messining futbolkasini kiygan afg`onistonlik bolakay Murtazining surati bir lahzada ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo`lgan edi. Yaqinda esa voqeaning davomi ro`y berdi. Argentina terma jamoasi yulduzi va “Barselona” klubi futbolchisi Messi afg`onistonlik bolakay haqida eshitib, unga o`zining dastxati tushirilgan haqiqiy futbolkasini sovg`a qildi.


O`shanda Lionel Messi Murtazi bilan shaxsan uchrashishga va`da bergan edi. Oradan bir yil vaqt o`tganiga qaramay, Messi o`z va`dasining ustidan chiqdi!

“Hammasi tushga o`xshaydi. Murtazi o`z ko`zlariga ishonmayapti, endi u futbolkasini echishni ham istamasa kerak. O`g`limga ko`rsatgan e`tibori uchun Lioneldan juda minnatdorman, unga katta rahmat aytaman!”, dedi bolakayning otasi Orif Ahmadiy.


Muzlagan daryoga tushib ketgan itni qutqargan o`t o`chiruvchi

Boston ko`rfazida muzlagan daryoga tushib ketgan 13 yoshli Silviya laqabli itni Shon Koul ismli o`t o`chiruvchi o`limdan qutqarishdan cho`chimadi. U itni qutqarish uchun yupqa muz ustiga yotdi. Itini sog`-omon ko`rgan egasining quvonchdan boshi ko`kka etdi.


Talaba yigit sarosimaga tushgan erkakka yordam berdi

Kanadaning Ontario shahrida yashovchi Godfri Kutto ismli talaba yigit avtobusga chiqqanda, begona erkak uning yoniga kelib o`tirdi va qo`lini mahkam ushladi. Avvaliga Godfri hech nimani tushunmadi, ammo birozdan so`ng Robert ismli bu erkakka yordam kerakligini tushundi. Ma`lum bo`lishicha, Robert miya falajligi va karlikdan aziyat chekkan. Avtobusda odamning ko`pligi uni vahimaga solgan, tinchlanish uchun birovning ko`magiga muhtoj bo`lgani bois Godfrining qo`lidan mahkam ushlagan.


Bayker kaltaklanib, yo`lga tashlangan itga yordam berdi

Otasining uyi tomon motosiklda ketayotgan Brendon yo`lda yuk mashina haydovchisining kichkina kuchukchani kaltaklayotganini ko`rdi. U ortiga qaytib, yo`lda yotgan kuchukchani ehtiyotlab, kurtkasiga o`radi va o`zi bilan olib ketdi. Brendon uni “janob Devidson”, deb atadi. Endilikda ular ajralmas do`stga aylangan.


Ota-onasi tomondan rad etilgan bemor bolalarni parvarishlagan ayol

Amerikalik Kori Salchert og`ir kasallikni boshdan kechirgach, ortiq tibbiyot hamshirasi bo`lib ishlay olmadi. Ammo mehribon ayol tinch o`tirmay, kasalligi tufayli o`limga mahkum bo`lgan, ota-onalari tashlab ketgan bemor bolalarni o`z bag`riga oldi. Shundan beri u turmush o`rtog`i Mark bilan butun hayotini kasal bolalarni parvarishlashga bag`ishladi.

Sharhlar

Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
“Qayrat” jamoasi a`zolari joy olgan samolyot halokatga uchradi

22.10.2021, 14:47

Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1