Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Menni laqabli mushukning suratini 2017 yil yanvar oyining eng yaxshi selfisi deb topishdi. Uy hayvoni bir nechta kuchuklar orasida jiddiy qiyofada suratga tushirilgan. Menni o`zining noodatiy selfi-suratlari bilan internetda mashhur.
Mennining suratlari u tasodifan suratga olish tugmasini bosganidan so`ng keng tarqala boshladi.
Shundan so`ng Mennining egasi mushugi uchun alohida sahifa ochib, uni yurita boshladi. U har doim yonida GoPro kamerasini olib yuradi va muvaffaqiyatli kadrlarni suratga oladi. Mennining sahifasini hozirgi kunda 240 ming kishi kuzatib boradi. Uning kuchuklar bilan selfisi ikki kun ichida 19 mingta “layk” yig`di.
“Menga bu kompaniya juda yoqadi”,deb yozadi internet foydalanuvchilaridan biri.







