Turkiyalik taniqli aktyor Murat Yildirimning marokashlik go`zallik tanlovi g`olibasiga uylanayotgani haqida xabar bergan edik. Aktyorning muxlislari uchun kutilgan to`y tantanasi kelin Imane Elbanining vatani Marokash poytaxti Rabat shahridan 25 kilometr uzoqlikda joylashgan Suxeyrat qishlog`ida bo`lib o`tdi. Bu haqda “1news.az” xabar bermoqda.
Eslatib o`tamiz, Murat Yildirim va Imane Elbanining prezident Rajab Toyib Erdo`g`on ko`magidagi birinchi to`yi 2016 yil dekabr oyida bo`lib o`tgan edi. To`y marosimida kelinning ko`p sonli qarindoshlari ishtirok eta olmagani uchun juftlik to`yni Marokashda ham o`tkazishga qaror qildi.
Yulduzli juftlikning to`yi qanday bo`lib o`tgani haqida quyidagi suratlardan ma`lumot olishingiz mumkin.