1

Osiyo Kubogi–2019 turnirining rasmiy logotopi namoyish etildi

Sport 24.01.2017, 14:05
Osiyo Kubogi–2019 turnirining rasmiy logotopi namoyish etildi

Birlashgan arab amirliklarining Abu-Dabi shahrida 23 yanvar kuni Osiyo Kubogi–2019 turnirining rasmiy logotopi namoyish etildi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

Musobaqa logotipida 2019 yilgi Osiyo Kubogi mezboni bo`lmish BAAning davlat bayrog`i – qora, yashil, qizil va oq ranglardan foydalanilgan. Rangli lentalar o`zaro bog`langan holda BAAdagi ettita amirlik ramzi sifatida oltiburchak shaklida yasalgan.

Shuningdek, Abu-Dabida Osiyo Kubogi–2019 saralash bosqichiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. Unda 24 terma jamoadan 12 tasi Osiyo Kubogi–2019 final bosqichiga yo`llanma olish uchun saralash bosqichidan o`tadi. Saralash bosqichi uchrashuvlari 2017 yilning 28 mart kuni start oladi va 2018 yilning 27 mart kuni yakuniga etadi.

JCh–2018 turniriga ikkinchi saralash bosqichidan o`tib, ayni vaqtda Osiyo qit`asidan uchinchi saralash bosqichida ishtirok etayotgan Eron, Janubiy Koreya, O`zbekiston, Suriya, Qatar, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Avstraliya, BAA, Iroq va Tailand terma jamoalari Osiyo Kubogi–2019 final bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritib bo`lgan bo`lgan.

Osiyo Kubogi–2019 turniri 5 yanvar — 1 fevral kunlari BAAning Dubay, Abu-Dabi, Al-Ayn va Sharja shahridagi stadionlarda bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1