1

O`zbekiston terma jamoasining BAAdagi yig`ini yakunlandi

Sport 24.01.2017, 15:30
O`zbekiston terma jamoasining BAAdagi yig`ini yakunlandi

O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko`rish maqsadida BAAning Dubay shahrida 21–24 yanvar kunlari o`quv-mashg`ulotlar yig`inini o`tkazdi.

Yig`in doirasida O`zbekiston terma jamoasi ikkita o`rtoqlik o`yinini o`tkazdi. Dastlab yoshartirilgan tarkibda harakat qilgan Samvel Babayan shogirdlari Daniya U-23 termasi 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ikkinchi o`yinda esa terma jamoa Gruziya bilan 2:2 hisobida jangovar durangni qayd etdi.

Terma jamoaga jalb etilgan “Paxtakor” futbolchilari BAAda yig`inini davom ettirayotgan jamoadoshlari safiga borib qo`shlidi. Qolgan futbolchilar bugun Toshkentga qaytib keladi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash boschiqi navbatdagi — 6-turini 23 mart kuni Suriyaga qarshi safarda o`tkazadi.

Ma`lumot uchun, JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin O`zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda. Suriya 5 ochko to`plagan holda to`rtinchi o`rinni band qilib turibdi. Eron 11 ochko bilan birinchi, Janubiy Koreya esa 10 ochko bilan ikkinchi pog`onada bormoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1