AsosiyDunyo

​Melaniya Tramp ingliz tilida yaxshi gapira olmagani uchun teleboshlovchi undan intervyu olishni istamadi

'​Melaniya Tramp ingliz tilida yaxshi gapira olmagani uchun teleboshlovchi undan intervyu olishni istamadi'ning rasmi

AQShning “E!” telekanalida namoyish etiladigan Chelsea Lately shousining muallifi va boshlovchisi Chelsi Xendler AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp ingliz tilida yaxshi gapira olmagani uchun undan intervyu olishni istamadi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Chelsi Xendlerning so`zlariga qaraganda, Melaniya turmush o`rtog`i Donald Trampning ona tilida bazo`r gapiradi. Uning talaffuzi yaxshi bo`lmaganidan gaplarini tushunish juda qiyin.

Ilgari AQSh OAVlari sloveniyalik Melaniya Trampning o`z ona tilisidan tashqari, to`rtta chet tili — ingliz, fransuz, italyan va nemis tillarida erkin gapirishi haqida bong urgan edi.

Boshqa yangiliklar