1

Farg`onada murabbiylar bilimini yangilash doirasidagi o`quv kurslari tashkil etildi

Sport 25.01.2017, 13:39
Farg`onada murabbiylar bilimini yangilash doirasidagi o`quv kurslari tashkil etildi

Farg`onada murabbiylar bilimini yangilash maqsadida 24 yanvar kuni “Neftchi” PFK qoshidagi bolalar va o`smirlar futbol maktabi bazasida o`quv kurslari start oldi.

Besh kun davom etadigan seminarda Farg`ona viloyatidagi murabbiylar ishtirok etmoqda. Seminarlar FIFA va OFK instruktori Usmon Toshev tomonidan olib boriladi. O`quv jarayoniga Farg`ona Futbol Federasiyasi etakchi mutaxassis Fayziev Hakimjon koordinatorlik qilmoqda.

Seminar qatnashchilari o`quv kurslari davomida tegishli taqdimotlar bilan tanishadi va har bir taqdimotdan keyin muhokama va debatlar o`tkaziladi. O`quv dasturi nazariy va amaliy mashg`ulotlar yordamida o`tkaziladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1