1

Rahim Sterling 3,1 mln funtga shohona uy xarid qildi (Foto)

Sport 25.01.2017, 15:15
Rahim Sterling 3,1 mln funtga shohona uy xarid qildi (Foto)

“Manchester Siti” klubi va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Rahim Sterling Cheshir grafligida yangi uy sotib oldi. Bu haqda Manchester Evening News nashri xabar bermoqda.

Sterling va uning dugonasi Peyj Milian yashaydigan uy qishloq hududida joylashgan. 22 yoshli futbolchining yangi uyi 2,3 kvadrat metrga teng va beshta yotoqxonaga ega.

Uy 3,1 million funtga xarid qilingani aytilmoqda. Ta`kidlash kerakki, 22 yoshli futbolchi “Manchester Siti”da haftasiga 180 ming funt maosh topadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1