AsosiyDunyo

​Pamela Anderson Trampning rafiqasiga mo`ynali po`stinini sovg`a qilishni niyat qildi

'​Pamela Anderson Trampning rafiqasiga mo`ynali po`stinini sovg`a qilishni niyat qildi'ning rasmi

Mashhur aktrisa va model Pamela Anderson AQShning yangi prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melaniyaga Rossiya mo`ynasidan tayyorlangan po`stinini sovg`a qilishni niyat qildi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

“Men Melaniyaga Rossiya tabiiy mo`ynasidan tayyorlangan po`stinimni sovg`a sifatida yubormoqchiman. Chunki hozir Rossiyada mo`yna dizayni bilan shug`ullanmoqdaman”, dedi aktrisa hayvonlar bilan odob doirasida muomala qilishga bag`ishlab o`tkazilgan tadbirda.

Pamela Anderson hayvonlarni himoya qilish va moda industriyasida tabiiy mo`ynalardan foydalanishga qarshi bo`lgan faollardan biridir. U xalqaro hayvonlarni himoya qilish jamg`armasi (IFAW)ning maslahat berish huquqiga ega bo`lgan a`zosidir.

Boshqa yangiliklar