1

Angliya Liga Kubogi. “Liverpul” javob o`yinida ham “Sautgempton”ga yutqazdi va turnirdan chiqib ketdi

Sport 26.01.2017, 10:50
Angliya Liga Kubogi. “Liverpul” javob o`yinida ham “Sautgempton”ga yutqazdi va turnirdan chiqib ketdi

Angliya Liga Kubogi musobaqasining yarim final javob o`yinida “Liverpul” o`z maydonida “Sautgempton” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 90-daqiqasida Sheyn Long tomonidan kiritilgan yagona gol “Sautgempton”ga g`alaba keltirdi. Jamoalar o`rtasidagi ilk o`yinda ham “avliyolar” 1:0 hisobida zafar quchgani uchun finalga yo`l oldi.

Ikkinchi final yo`llanmasi uchun “MYu” va “Xall Siti” o`zaro bahs olib boradi. Ushbu jamoalarning ilk o`yinida “MYu” 2:0 hisobida g`alaba qozongandi.

“Liverpul” – “Sautgempton” 0:1

Gol: 0:1 – 90 Long.

“Liverpul” – Karius, Aleksander-Arnold, Lovren, Matip, Lallana, Xenderson, Koutino (Veynaldum, 87), Djan (Origi, 78), Firmino, Milner, Starridj.

“Sautgempton” – Forster, Stivens, Bertran, Soaresh, Yosida, Tadich, Uord-Prouz (Xeyberg, 59), Redmond (Sims, 81), Devis, Rodriges (Long, 46), Romeu.

Dastlabki uchrashuv: 0:1

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1