1

​Hindistonda to`rt oyoqli chaqaloq tug`ildi

Dunyo 26.01.2017, 11:16
Teglar: Chaqaloq, Hindiston
​Hindistonda to`rt oyoqli chaqaloq tug`ildi

Hindistonning Karnataka shtati Bellari shahrida to`rt oyoqli o`g`il bola dunyoga keldi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.

Bolaning ota-onasi uni “Xudoning sovg`asi” deb atamoqda va chaqaloqqa o`zlari g`amxo`rlik qilishlarini ma`lum qilishgan.

Chaqaloqning mutasiyaga uchrashi sabablari noma`lum. Chaqaloqning onasi uch yoshli sog`lom o`g`il farzandni tarbiyalamoqda.

23 yoshli Lalitammaning so`zlariga ko`ra, u farzandini uyiga olib ketmoqchi bo`lgan, biroq shifokorlar uni qayta tekshiruvdan o`tkazish uchun boshqa shifoxonaga olib ketishgan.

Ayolning oilasi nochor hayot kechiradi, unda bolani qo`shimcha tekshiruvlardan o`tkazish uchun mablag` yo`q. Shifokorlar to`rt oyoqli chaqaloqning ahvoli qoniqarli ekanligini ma`lum qilgan.

Sharhlar

Bugun Hindistonda parlament saylovi boshlandi

19.04.2024, 15:45

Bugun, 19 aprel sanasida Hindistonda dunyodagi eng yirik parlament saylovlari boshlanadi. Bu haqda “RIO Novosti” ma`lum qildi.Etti bosqichdan iborat ovoz berishlarda 968 mln nafar ro`yxatga...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Hindiston aeroportida 8 nafar o`zbekistonlik 5 kg oltin zanjirlar bilan qo`lga olindi (video)

18.08.2023, 11:58

Hindiston poytaxtidagi Indira Gandi nomidagi xalqaro aeroportda sakkiz nafar O`zbekiston fuqarosi qo`lga olindi. Bu haqda Hindiston bojxona departamenti xabar qildi.Ma`lum qilinishicha, ular 5,3 kilogramm oltinni...
⚡️Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug`ildi (video)

24.01.2023, 10:05

Namanganda ayol YPX avtomobilida tug`uruqxonaga olib ketilayotganida farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, 4P-112 Farg`ona xalqa avtomobil yo`lining 20 kilometrida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1