Rossiyaning Ulyanov viloyatida Hindistonda dam olib qaytgan ayol bezgak kasalidan shifoxonada vafot etdi, deb xabar berdi “Ntv.ru” nashri.
Hindistonning Goa shtatida dam olib qaytgan sayyoh ayol bezgak kasaliga chalingani aniq bo`lgandan keyin shoshilinch ravishda shifoxonaga yotqizildi. Ammo shifokorlar ayolning hayotini saqlab qololmadi, u jonlantirish bo`limida vafot etdi.
Sog`likni saqlash vaziri ayol davolangan kasalxonada epidemiyaga qarshi barcha chora-tadbirlar ko`rilgani, kasallik tarqalishining oldi olingani va bezgakka chalingan boshqa bemor aniqlanmagani haqida ma`lumot berdi. Shu bilan birga u boshqa mamlakatlarga otlangan sayohatchilarga o`zlari borayotgan mamlakatning epidemologik vaziyatini o`rganishni, iloji boricha, vaksinasiyadan o`tishni maslahat berdi.
Bezgak yuqumli kasallik bo`lib, iqlimi issiq bo`lgan mamlakatlarda, shu jumladan Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi va Okeaniya hududlarida keng tarqalgan.






