BAAda yig`in o`tkazayotgan “Paxtakor” jamoasi uchinchi nazorat o`yinini Avstriya chempioniga qarshi o`tkazdi. Bu haqda “sherlar” matbuot xizmati ma`lum qildi.
Avstriyaning oxirgi yillardagi gegemoni “Red Bull Zalsburg” klubiga qarshi uchrashuvda murabbiylar tarkibdagi bor futbolchilarni sinovdan o`tkazishdi.
Jamoalar bir qator vaziyatlarni yuzaga keltirgan bo`lishiga qaramay, bellashuvda hisob ochilmadi. Shu tariqa "Paxtakor" BAAdagi yig`in doirasida so`nggi nazorat bahsida durangga imzo chekdi.
“Paxtakor” 30 yanvar kuni Toshkentga qaytadi va 5 fevral kuni Antaliyaga yo`l oladi.
“Paxtakor” – “Red Bull Zalsburg” 0:0
“Paxtakor”: Lobanov (Ergashev, 82), Andreev (Ibrohimov, 75), Tojiev (Oraxovas, 46), Bulyat (G.Ahmedov, 68), Alijonov (Avilov, 64), A.Ahmedov (Kozak, 64), O`runov (Ismatullaev, 46), Sohibov (Karimov, 66), Masharipov (Nurullaev, 70), Iskanderov (Tolipov, 68; Davlatjonov, 81), Sergeev (Hakimov, 66).






