AsosiyDunyo

​Krasnoyarskda Garri Potterning qiyofadoshi topildi

'​Krasnoyarskda Garri Potterning qiyofadoshi topildi'ning rasmi

Rossiyalik “Deniel Redkliff” savdo tarmoqlaridan birida merchendayzer lavozimida xizmat qiladi va har kuni odamlardan o`zining Garri Potterga o`xshashligi haqidagi gaplarni eshitadi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Yanvar oyida Instagram foydalanuvchilari krasnoyarsklik Nikolay Posledning britaniyalik aktyor Deniel Redkliffga o`xshashligiga e`tibor qaratishdi. Nikolayning dumaloq ko`zoynagi Garri Potterning ko`zoynagiga o`xshagani bois u hazil-mutoyibalar qahramoniga aylandi.


Joun Rouling o`ylab topgan sehrgar Garri Potterning qiyofadoshi borligiga Tvitter foydalanuvchilaridan biri e`tibor qaratdi. U bu haqda Nikolayning surati tagida “uning peshanasida faqatgina chaqmoq etishmayotganligi” haqida izoh qoldirdi.

    Boshqa yangiliklar