“Darakchi” gazetasining “10 qaltis savol” loyihasida aktrisa Shahzoda Matchonova ishtirok etdi va qaltis savollarga javob qaytardi.
Xususan, “Ko`pchilikning fikricha, dugonangiz, xonanda Nilufar Usmonovaning ‘Kel ikkimiz’ qo`shig`i klipidagi qahramoningizning prototipi aynan o`zingiz ekansiz?”, degan savolga aktrisa quyidagicha javob berdi:
“Bu haqda sira eshitmagan ekanman. Ishontirib aytolaman, taxminlar noto`g`ri. Boisi, klipdagi qahramonimning farzandi bor, meni turmushga chiqqanimga esa endigina ikki oy bo`ldi”.
Aktrisa turmush qurishi turli mish-mishlarga sabab bo`lishini kutmaganini ham ma`lum qildi. Aktrisaning bu boradagi fikrlarini “Darakchi” gazetasining yangi sonida o`qishingiz mumkin bo`ladi.
“Gap-so`z qilayotganlar menga hasad qilishyapti, xolos. Hech kimga yomonlikni ravo ko`rmagan va xafa qilmagan bo`lsam-da, turmushga chiqqanimdan so`ng negadir mish-mishlarga ko`mib tashlashdi. Ularning gaplariga endi bee`tiborman. Faqat unutishmasin, bu – qaytar dunyo! Muhimi, yaqinlarim qandayligimni bilishadi. Shaxsiy hayotimdan esa ko`nglim xotirjam!”
Ma`lumot uchun, aktrisa Shahzoda Matchonova 2016 yilning 25 noyabrida turmushga chiqdi. Uning to`yidan keyin aktrisaning shaxsiy hayoti bilan bog`liq turli mish-mishlar tarqaldi.
Shahzoda Matchonova ishtirokidagi “10 qaltis savol” loyihasining to`liq talqinini “Darakchi” gazetasining yangi sonida o`qishingiz mumkin.