AsosiyDunyo

​Eyfel minorasining chiroqlari tunda Kvebekdagi terakt qurbonlari xotirasiga o`chirildi

'​Eyfel minorasining chiroqlari tunda Kvebekdagi terakt qurbonlari xotirasiga o`chirildi'ning rasmi

Parijda Eyfel minorasining chiroqlari Kanadaning Kvebekdagi masjidga bo`lgan hujumda halok bo`lgan va jabrlanganlar xotirasiga o`chirib qo`yildi, bu haqda Journal de Montreal nashri xabar berdi.

Nashrning ma`lumotlariga ko`ra, Fransiyaning asosiy osoriatiqasi qoq yarim tunda o`chirildi. Shuningdek xabarda keltirilishicha, tun davomida o`nlab kanadalik talabalar Parijdagi Kvebek maydoniga halok bo`lganlarni xotirlash uchun to`planishdi.

40 dan 100 nafargacha odam bo`lgan Kvebekdagi masjidga hujum yakshanba kuni kechki payt sodir bo`ldi. Hujum oqibatida 6 kishi halok bo`ldi, 18 kishi kasalxonaga yotkizildi, shulardan besh nafarining ahvoli og`ir deya baholanmoqda.

Kanada hukumati bo`lgan voqeani terroristik hujum deya atadi. Hujum uyushtirganlikda shu erda yashovchi Aleksandr Bisonet gumon qilindi. Unga qotillik ayblovi qo`yildi.


    Boshqa yangiliklar