AsosiyDunyo

​Trampning taqiqiga qaramay qariyb 900 nafar qochoq shu haftada AQShga ko`chib o`tadi

'​Trampning taqiqiga qaramay qariyb 900 nafar qochoq shu haftada AQShga ko`chib o`tadi'ning rasmi

AQSh Prezidenti Donald Trampning immigrasion siyosat to`g`risidagi qaroriga qaramay Amerika hukumati 872 nafar qochoqqa mamlakatga kirishga ruxsat berdi, bu haqda Reyter agentligi AQSh ichki xavfsizlik vazirligining ichki hujjatiga asoslanib xabar berdi.

Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, ushbu qochoqlar shu haftaning o`zidayoq AQShga ko`chib o`tishlari mumkin. Ularga Trampning qarori chiqishidan oldin ruxsat berilgan. Qochoqlarning millati haqida ma`lumotlar yo`q.

Shuningdek ma`lumotlarga ko`ra, juma kundan dushanbagacha Amerika vizasiga ega bo`lgan AQShga yo`l olgan 348 nafar fuqaroga samolyot bortiga o`tirishga ruxsat berilmagan, yana 200 kishi mamlakatga kiritilmagan. 730 dan ortiq kishi, xususan 394 nafar qonuniy AQSh rezidentlari Amerika aeroportlarida bojxona-chegara xizmati tomonidan so`roqqa tutilgan, deya xabar beradi agentlik.

Avvalroq Tramp “Mamlakatni xorijiy terrorchilardan himoya qilish to`g`risida” Qarorga imzo chekkan edi. Mazkur hujjat 90 kunga 7 mamlakatning (Eron, Iroq, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan) fuqarolarini kiritishni taqiqlaydi. Shuningdek AQSh har qanday qochoqlarni qabul qilishni 120 kunga to`xtatadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar