1

​Shahzoda to`ng`ich o`g`li Solihga qo`shiq kuylashga ruxsat bermasligi haqida gapirdi

Shou-biznes 31.01.2017, 14:20
Teglar: Musiqa, Farzand, Shou-biznes, Shahzoda
​Shahzoda to`ng`ich o`g`li Solihga qo`shiq kuylashga ruxsat bermasligi haqida gapirdi

Xonanda Shahzoda o`z fan-klubi a`zolari bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda muxlislar xonandaga o`zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi. Xususan, Shahzoda fan-klubi a`zolaridan biri “Men san`atkor bo`lishni istayman. Siz menga shu ishni qilishni tavsiya qilasizmi?” deya savol berdi.

Shahzoda esa bunga javoban:

“Agar san`atkor bo`lishingiz haqidagi qaroringizni ota-onangiz ham qo`llab-quvvatlayotgan bo`lsa, men ham tavsiya qilaman. Siz avvalo nima uchun san`atkor bo`lishni istayotganingizni aniqlab oling. Ayrimlar o`zini televizorda ko`rishni istagani uchun, boshqalar atrofdagilarga nimanidir isbotlamoqchi bo`lgani uchun qo`shiq kuylaydi. Agar qaroringiz qat`iy bo`lsa, albatta xonanda bo`lishingizni tavsiya qilaman”,—deya javob qaytardi.

Shuningdek, u to`ng`ich o`g`li Solihning ham qo`shiq kuylashga qiziqishini aytib o`tdi:

“Katta o`g`lim Solih ham bolaligidan qo`shiq kuylashga qiziqadi. Unga ayniqsa HIP-HOP, REP yo`nalishlari yoqadi. Solih har safar mendan biror qo`shiqni kuylab, uni ovoz yozish studiyasida yozish uchun ruxsat so`raydi. Biroq, men unga ‘Avval institutni tamomlab, jiddiy ish bilan shug`ullan, qo`shiq aytish esa shunchaki xobbing bo`ladi’, deyman”.

Sharhlar

Afg`onistonda to`yda musiqa qo`yilgani uchun 13 kishi otib tashlandi

31.10.2021, 17:48

Afg`onistonning Nangahor viloyatida musiqa tinglayotgan to`y mehmonlariga qarataga hujum uyushtirgan. Bu haqda Vesti xabar berdi. Qayd etilishicha, o`zini “Tolibon” harakati vakili sifatida tanishtirgan noma`lum qurollangan jangarilar...
Farg`onada bolalarni majburan onaga olib berish ijrosi kutilmagan tus oldi

13.12.2019, 19:35

Majburiy ijro byurosi organlarida davlat ijrochilari turli xil qizg`in voqealarga guvoh ham bo`lib qolishadi. Xususan, fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudining 2019 yil 17 sentyabrdagi ijro...
Zoxirshoh Jo`raev Botir Qodirov uning akasi ekani haqidagi mish-mishlarga nuqta qo`ydi

06.11.2019, 12:06

Zoxirshoh Jo`raev "Milliy" telekanalining "Nishondasiz" ko`rsatuvida ishtirok etib, oilaviy mish-mishlarga nuqta qo`ydi...Ko`rsatuv davomida boshlovchi Zoxirshohdan Botir Qodirov Sherali Jo`raevning farzandi ekani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritishini...
Shahzoda jonli ijro haqida gapirdi...

03.07.2018, 10:53

Xonanda Shahzoda jonli ijroda ijod qilish haqidagi savollarga javob berdi. Uchrashuvdagi qiziqarli savol-javoblarni e`tiboringizga havola etamiz... — Amerikalik xonanda Ronni Jeyms Dio “Fonogrammada berilgan kosertga...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1