AsosiyDunyo

​Ona 3 yoshli qizini qutqarish uchun yuziga tepishga majbur bo`ldi (video)

'​Ona 3 yoshli qizini qutqarish uchun yuziga tepishga majbur bo`ldi (video)'ning rasmi

Malayziyada 3 yoshli qizini liftga qisilib qolishdan asragan ayol majburligidan uning yuziga bor kuchi bilan tepishga majbur bo`ldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Bu voqeani kuzatuv kameralari videoga oldi.

Videoda 3 yoshli qizning ochiq turgan lift eshigiga yaqinlashgani, ammo qizcha ichkariga kirmoqchi bo`lganda lift eshiklari yopila boshlagani aks etgan. Avvaliga kadrda ko`rinmagan ayol qizini qutqarish uchun yashin tezligida harakat qilib, oyog`i bilan uni tepib, eshikdan uzoqlashtirgan. Uning oyoq zarbasi qizchaning yuziga to`g`ri kelgan.

“Liftda sensor yo`q, faqatgina ichki qismida eshiklarni ochish tugmachasi mavjud. Qizchaning omadi bor ekan, bo`lmasa u eshikka qisilib qolardi”, deb ma`lumot berdi binoning qo`riqchisi.


Boshqa yangiliklar