1

​Darmondori qovoq... mazali, foydali, ko`zni quvontiradi, oshqozonni ham

Salomatlik 31.01.2017, 16:30
Teglar: Salomatlik
​Darmondori qovoq... mazali, foydali, ko`zni quvontiradi, oshqozonni ham

Bir necha yuqori ko`rsatkichlarga ega qovoq poliz ekinlari ichida birinchidir. Ha, birinchi va juda foydali. Qovoqning ko`p turlari keyingi hosilga qadar to`yimlilik qiymatini saqlaydi. Faqat bandini uzmagan holda saqlasangiz bo`lgani.

Ikkinchi ko`rsatkichlari — mineral moddalarga va mikroelementlarga boy. Tarkibida karotin moddasining ko`pligi mag`zining sariq va sabzi rangda bo`lishini ta`minlagan. Qalin kosasi sabab tarkibidagi vitaminlar uzoq vaqt saqlanadi.

Uchinchi ko`rsatkichdagilarning turli ko`rinish va navlari mavjud. Qovoqning vitaminli deb ataluvchi navi karotin moddasiga, ayniqsa, boy. Bunday navi tibbiyotda dori-darmon tayyorlashda qo`l keladi. Qovoqning ayrim navlaridan suv saqlash uchun, musiqiy asboblar tayyorlashda, hatto muzeylarda bezak sifatida ham foydalanishadi. Dekorativ (bezak uchun ishlatiladigan) qovoqlar mo``jizakor shakl va ranglarga ega: yo`l-yo`l salla, sabzi rang shlyapa, olachipor soyabon, nok, kichik gumbazsimon.

Barchasidan ko`rinishi, mazasi va foydali jihatlari bilan ustun turadigan muskat navi alohida e`tiborga ega. Uni noksifat ko`rinishidan tezda aniqlash mumkin. Po`stlog`i yupqa, tezda ajraladi. Mag`zi sabzi rangida, qirmizi bo`ladi. Tarkibida karotin moddasi ko`p miqdorda. V9 vitamini, folasin moddasiga to`yinganligi sabab bo`lajak ona va ikki yoshgacha bo`lgan go`daklar uchun juda zarur.

Qadimdan bizga ma`lumki, qovoq buyrak va siydik chiqarish yo`li, gepertoniya va ko`plab yurak qon-tomir xastaliklariga juda shifobaxshdir. Undan parhezbop taom sifatida foydalaniladi. Qaynatib pishirilgani oshqozon va ichaklar uchun yaxshi darmondori. Etilib pishgan qovoq mag`zida pektin moddasi ko`p miqdorda, shu sabab ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi, organizmdagi ortiqcha xiltlarni chiqarib tashlaydi. Qovoqning yana bir ustunligi shundaki, mazali va vitaminlarga boy bo`lsa-da, kam kaloriyaga ega.

Qovoq pistalari — uning ham o`ziga xos xususiyatlari bor. Pista mag`zi E vitaminiga boy, shuningdek, V15 ga ham. Bunday vitaminlar kishiga kuch-quvvat berib, immun tizimini me`yorda ushlaydi, kasalliklarga qarshi kurashuvchanlikni oshiradi. Pista mag`zi senk moddasiga boy bo`lib, asab tizimiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Pista mag`zini qovurib, maydalab bolaning taomiga ko`shib berish mumkin.

Qovoqdan ko`plab taomlar tayyorlanadi, ayniqsa, bo`tqa sifatida iste`mol qilsangiz, juda mazali va emizikli onalar uchun foydali. Muskat navli qovoqdan oddiy va oson tayyorlash mumkin: mag`zini bug`da pishirib, to`rtburchak shaklda to`g`rang, so`ng shunday shaklda to`g`ralgan olma va apelsin qo`shing-da, limon sharbati, asal, yog`siz qaymoq qo`shib aralashtiring — mo``jizaning o`zginasi, mazali va juda foydali.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1