AsosiyDunyo
8298

Tailandda itlar egasini kobradan qutqardi (Video)

'Tailandda itlar egasini kobradan qutqardi (Video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda to`rtta itning egasini kobradan himoya qilayotgani aks etgan videorolik paydo bo`ldi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Tailandning Pxitsanulok viloyatida yashovchi ayolning bog`iga uzunligi ikki yarim metr bo`lgan zaharli ilon kirib qoldi. Ilonni ko`rgan itlar uning tishlashiga yo`l qo`ymay, haydab chiqarishga harakat qilishdi. Natijada chaqirilmagan mehmon qaytib ketishga majbur bo`ldi.

Nashrning ma`lumot berishicha, bunday kobralarning zahri juda kuchli bo`lib, u odamni bir chaqishda o`ldiradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar