AsosiyDunyo

​Ingliz fermeri Yoqutistondan Hindistonga piyoda yo`lga chiqdi

'​Ingliz fermeri Yoqutistondan Hindistonga piyoda yo`lga chiqdi'ning rasmi

Angliyaning Xerefordshir grafligida yashovchi fermer Endryu Lloyd (Andrew Lloyd) Yoqutistondan Hindiston safariga piyoda otlandi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Fermer o`zining sayohati bilan er yuzidagi eng sovuq joylarga borishni maqsad qildi. U bundan tashqari, xayriya ishlari bilan ham shug`ullanadi. Endryu Lloyd Yoqutiston poytaxtida bo`ldi, endi YuNESKOning barcha xalqaro meroslarini tomosha qilish uchun Mo`g`iliston orqali Xitoyga, keyin Tibet va Nepal orqali Hindistonga piyoda borishni rejalashtirdi.

Lloyd Yoqutistonda havoning juda sovuqligi, kuchli shamol esishini ta`kidladi. U sayohati davomida Nepaldagi qishloq va maktablarni tiklashni moliyalashtirish bilan shug`ullanuvchi Ghurka Welfare Trust jamg`armasi hisobiga pul yig`ishni ham niyat qildi. U bu haqda yozayogandayoq talab qilinayotgan 20 ming funtning 1160 funtini yig`ishga muvaffaq bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar