Rossiyaning Omsk shahrida jinoyatchi erkak 13 yoshli qizni garovga oldi, deb xabar berdi “1tv.ru” nashri.
Omskda pichoq bilan qurollangan erkak kampir va nevarasi o`tirgan uyga bostirib kirdi. Keksa ayol uydan qochib chiqib, odamlarni yordamga chaqirishga muvaffaq bo`ldi. Qiz esa uyda, jinoyatchi bilan qoldi. Shu orada qiz polisiyaga qo`ng`iroq qilishga ulgurdi. Voqea joyiga etib kelgan Rosgvardiya jangchilari va polisiyachilar qizning tomog`iga pichoq tirab, giyohvandlik moddasi topib berishni talab qilayotgan erkakni qurolsizlantirib, qo`lga oldi. 41 yoshli erkak mahalliy fuqarolardan biri bo`lib, ilgari ham sodir etgan jinoyatlari uchun sudlangani ma`lum bo`ldi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi, qiz hech qanday tan jarohati olmadi.
13.12.2022, 11:03
Qozog`iston gaz ittifoqini yaratish masalasini muhokama qilmadi, deb xabar qildi mamlakat energetika vazirligiga tayanib Ria Novosti. "Qozog`iston, Rossiya va O`zbekiston gaz tashish tizimlarining texnik imkoniyatlarini muhokama...02.12.2022, 09:10
Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin ikki kunlik tashrif bilan O`zbekistonga keldi. Siyosatchini uning hamkasbi Abdulla Aripov kutib oldi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi hukumati matbuot xizmati...10.11.2022, 12:45
AQSh Ukrainani parvozlardan holi hudud deb e`lon qilishdan voz kechdi. Jozef Baydenning so`zlariga ko`ra, Qo`shma Shtatlar uchinchi jahon urushini boshlamoqchi emas. Bu haqda "zamon.uz" xabar...11.10.2022, 12:19
Dushanba kunggi ommaviy raketa hujumlaridan so`ng, Putin Ukrainaga yangi zarbalar bilan tahdid qildi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin strategik ahamiyatga ega Qrim ko`prigi portlatilganidan ikki kun o`tib,...