AsosiyJamiyat

​Amerika – O`zbekiston savdo palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi

'​Amerika – O`zbekiston savdo palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida Amerika – O`zbekiston savdo palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi.

Tadbirda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, bank-moliya, neft-gaz, mashinasozlik, savdo-sanoat, sarmoya, transport va transport kommunikasiyalari, logistika, geologiya va mineral resurslar, metallurgiya, kimyo va oziq-ovqat sanoati, sayyohlik, qishloq va suv xo`jaligi, elektron mahsulotlar ishlab chiqarish, yuqori texnologiyalar, ta`lim hamda axborot texnologiyalari kabi sohalar uchun mas`ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi.

O`zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vaziri Elyor G`aniev O`zbekiston bilan AQSh o`rtasidagi aloqalar barcha jabhalarda, jumladan, savdo-iqtisodiy sohada ham izchil rivojlanib borayotgani, ushbu majlis o`zaro hamkorlikning yangi imkoniyatlarini ishga solishga xizmat qilishini alohida ta`kidladi.

Mamlakatlarimiz o`rtasidagi o`zaro savdo aylanmasi yil sayin oshib bormoqda. 2016 yilda o`zaro tovar ayirboshlash hajmi 453,8 million dollarni tashkil qildi.

O`zaro munosabatlarda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik ustuvor ahamiyatga ega. AQShning “Coca-Cola International”, “General Electric”, “CNH Industrial”, “Honeywell”, “US Inc.” kabi ko`plab kompaniyalari O`zbekistonda yirik investisiyaviy loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Tadbirda AQShning o`ttizdan ziyod yirik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar