Rossiyaning Vladimir viloyatida yashovchi Jo`raevlar oilasida dunyoga kelgan bolaga, uning bobosi Rahmon Jo`raev Rossiya mudofaa vaziri Shoyguning sharafiga Shoygu, deb ism qo`ydi, deya xabar berdi “Tjk.rus4all.ru” nashri.
Chaqaloqning to`liq ismi-sharifi Shoygu Hurmatovich Jo`raev bo`ldi.
“Shoygu Rossiya FVVni oyoqqa turg`izdi, shuning uchun ham nabiramni Shoygu, deb atadim dedi Rahmon Jo`raev.
Chaqaloqning bobosi, 70 yoshli Rahmon Jo`raev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning haqiqiy muxlisidir. Shuning uchun ham u 2 yoshli nabirasining ismini Putinga o`zgartirgan edi. U uyida Putinga atalgan kichkina muzey ham tashkil qilgan. Bu erda Putin aks etgan turli suratlar, gilamlar saqlanadi.
“Gazetada misrlik jurnalistning farzandiga Putin-Muxtor, deb ism qo`yganini o`qiganimdan keyin uzoq mamlakatlardagi odamlar farzandalariga uning nomini qo`yganda, men prezidentim uchun jonimni fido qilishga roziman, deb o`yladim va 2 yoshli nevaramning ismini Putinga o`zgartirdim”, deb ma`lumot berdi Rahmon Jo`raev. Rahmon Jo`raevning o`zi esa Tojikiston prezidenti bilan adashdir.
Jo`raevlar oilasi bundan 7 yil muqaddam Rossiyaga ko`chib kelgan, Rossiya fuqarolari hisoblanadi. Ular 5 yil mobaynida Moskva shahrida istiqomat qilishgan. So`nggi 2 yil mobaynida esa Vladimir viloyatining Aleksandrov tumanidagi Legkovo qishlog`ida yashashadi.
24.01.2023, 10:05
Namanganda ayol YPX avtomobilida tug`uruqxonaga olib ketilayotganida farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, 4P-112 Farg`ona xalqa avtomobil yo`lining 20 kilometrida...13.12.2022, 11:03
Qozog`iston gaz ittifoqini yaratish masalasini muhokama qilmadi, deb xabar qildi mamlakat energetika vazirligiga tayanib Ria Novosti. "Qozog`iston, Rossiya va O`zbekiston gaz tashish tizimlarining texnik imkoniyatlarini muhokama...02.12.2022, 09:10
Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin ikki kunlik tashrif bilan O`zbekistonga keldi. Siyosatchini uning hamkasbi Abdulla Aripov kutib oldi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi hukumati matbuot xizmati...10.11.2022, 12:45
AQSh Ukrainani parvozlardan holi hudud deb e`lon qilishdan voz kechdi. Jozef Baydenning so`zlariga ko`ra, Qo`shma Shtatlar uchinchi jahon urushini boshlamoqchi emas. Bu haqda "zamon.uz" xabar...