Bugun, 3 fevralga o`tar kechasi Parij yaqinidagi Nuazi-le-gran shahrida kuchli portlash sodir bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Nashrning ma`lumot berishicha, portlash mahalliy vaqt bilan soat 22:30 da sodir bo`lgan. Avvaliga pavilonlardan biridagi gaz balon, keyin uning yonidagi balonlar portlagan. Shundan keyin yong`in boshlanib, bino batamom yonib ketgan. Qutqaruvchilar pavilon ichidan yong`inda kuygan 45 yoshli erkakni olib chiqishdi va kasalxonaga etkazishdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, 5 kishi yaralangan, ulardan biri og`ir ahvolda. Shahar o`t o`chirish xizmati kapitani Giyom Fress (Guillaume Fresse)ning xabar berishicha, ikki marta portlash sodir bo`lgandan keyin uylardan birida yong`in ko`tarilgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 4 kishi halok bo`lgan. Yong`inni o`chirish uchun o`ttizga yaqin o`t o`chiruvchi jalb etilgan. Hozircha voqea sababi aniqlanmagan.
14.11.2022, 09:28
Turkiyaning Istanbul shahri markazidagi Istiqlol ko`chasida uyushtirilgan hujumda gumonlanuvchini qo`lga olindi, deya xabar bermoqda “Anadolu”ga tayanib "interfax".Ma`lum qilinishicha, ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu yakshanba kuni...19.11.2019, 15:28
2017 yilning 31 oktyabr kuni Nyu-Yorkda yuk mashinasi Manxetten hududining janubi-g`arbiy qismidagi velosiped yo`liga chiqib, 8 kishining umriga zomin bo`lgan, yana 12 kishi jarohat olgan.18...15.09.2017, 14:45
London metrosining Parsons-grin bekatida portlash yuz berdi, jabrlanganlar bor, deya xabar beradi The Sun nashri.Bir necha kishi kuyish jarohatini oldi. Polisiya hodisani terakt deb baholadi.Xabarlarga...30.06.2017, 14:03
Las-Vegasdagi poliklinikalardan birida bemor erkak o`q uzib, ikki kishini yaraladi va o`zini otib o`ldirdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri. Polisiya xodimining ma`lum qilishicha, poliklinikaga kelgan...