AsosiyDunyo

​Keksa ayolni g`ajib o`ldirgan itlarni qo`yib yuborgan qo`riqchi qo`lga olindi

'​Keksa ayolni g`ajib o`ldirgan itlarni qo`yib yuborgan qo`riqchi qo`lga olindi'ning rasmi

Rossiya sport ishlari vazirligining binosi oldida 80 yoshli keksa ayolni to`rtta it g`ajib o`ldirdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Mazkur fakt bo`yicha, itlarni katakdan chiqarib yuborgan xususiy qo`riqlash xizmati xodimi qo`lga olindi. U o`z ishiga sovuqqonlik bilan qaragani tufayli qamoqqa olindi. Qo`riqchi itlarni qo`yib yuborishdan ilgari, u hududda begona shaxslarning bor-yo`qligini tekshirmagan.

Itlar g`ajib tashlagan ayolning jasadi Moskva shahrining Kazakov ko`chasidan topildi. Qo`riqchiga esa “Ehtiyotsizlik oqibatida o`limga sabab bo`lish” jinoyati bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. Tergov itlarni saqlash qonun-qoidalarini tekshirmoqda. Xususiy qo`riqchilik xizmati mazkur itlardan Kursk vokzalidan uzoq bo`lmagan Rossiya sport ishlari vazirligi hududini qo`riqlashda foydalangan.

Boshqa yangiliklar