1

​Umrini ezgulikka bag`ishlagan insonlar

Dunyo 03.02.2017, 15:59
Teglar: Boylik
​Umrini ezgulikka bag`ishlagan insonlar

Aksariyat odamlar olamda ro`y berayotgan yovuzliklar, shafqatsizliklar, atrofidagi insonlarning xudbinliklaridan charchagan. Dunyoda ro`y berayotgan turli portlashlar, vahshiyona jinoyatlar haqidagi xabarlarni eshitgandan keyin, bu yorug` olamda birorta o`zidan boshqani ham o`ylaydigan inson qolganmikan, degan savol tug`iladi. Aslida esa, shunday insonlar bor, ularning mavjudligi tufayligina hayot davom etmoqda. Quyida sizni shunday bag`rikeng, kechirimli, umrini ezgulikka bag`ishlagan insonlar bilan tanishtiramiz.

10 zamechatelnx primerov chelovecheskoy dobrot

Tereza onaning amalga oshirgan ishlari

1999 yil, ikkinchi ming yillik ostonasida, amerikaliklar orasida o`tkazilgan so`rovnomaga asosan Tereza ona yuz yillikning eng hurmatga loyiq insoni, deb topildi. So`rovnomaga javob bergan amerikaliklar

Martin Lyuter King, Jon Kennedi, Albert Eynshteyn va Xelen Kellerdan ko`ra ko`proq Tereza onaning amalga oshirgan ishlariga tan berishlarini ta`kidlashgan.

Tereza onaning shunchalik hurmatga sazovor bo`lishiga nima sabab bo`ldi?

Asl ism-sharifi Anez Gonj Boyajiu bo`lgan, “Rahm-shafqat farishtasi” nomi berilgan Tereza ona Rim katolik cherkovining rohibasi va missoneri edi. U butun hayotini faqat odamlarga yordam berishga bag`ishladi. Bugungi kunga kelib, odamlar uni pok va olijanob inson sifatida xotirlashadi.

1950 yilda Tereza ona bemor, uy-joysiz, yordamga muhtoj odamlarga ko`mak beruvchi Rahm-shafqat missionerlik tashkilotiga asos soladi. 1979 yilda esa u Nobel mukofotiga sazovor bo`ladi.

Tereza ona 1997 yilda vafot etgan.

10 zamechatelnx primerov chelovecheskoy dobrot

Bill va Melinda Geytslar jamg`armasining faoliyati

Bill va Melinda Geytslar jamg`armasining faoliyati nafaqat ezgulikning dramatik ko`rinishi, balki haqiqiy bag`rikeng insonlikning yaqqol namunasidir. Bill Geyts Uorren Baffet bilan hamkorlikda yaratgan dasturi doirasida omma oldida hayoti davomida ishlab topgan pulining teng yarmini xayr-ehson uchun sarflashga va`da berdi. 2011 yilda Bill va Melinda Geyts jamg`arma hisobiga 28 milliard dollar pul o`tkazdi.

Jamg`arma bu pullarni ochlik, qashshoqlik kabi global muammolarni hal etish, sog`likni saqlash, turli vaksinalar, tibbiyot uskunalari, dori-darmonlar sotib olish uchun sarflaydi. Masalan, jamg`arma tug`ma kasalliklarga chalingan bolalarni qo`llab-quvvatlovchi “Bolalarni qutqaring” tashkiloti hisobiga 112 million dollar, bezgakka qarshi yangi vaksina ishlab chiqarishi uchun MVI tashkilotiga 456 million dollar mablag` ajratdi.

10 zamechatelnx primerov chelovecheskoy dobrot

Rim Papasi Ioann Pavel II uni o`ldirmoqchi bo`lgan qotilni kechirdi

Turkiyalik, ismi-sharifi Mehmet Ali Agja bo`lgan qotil 1981 yilning 13 may kuni, Vatikanning Avliyo Pyotr maydonida Rim Papasiga qarata uch marotaba o`q uzdi. Birinchi o`q uning ko`rsatkich barmog`ini uzib, qorniga, ikkinchisi esa o`ng tirsagiga tegdi. Keyinchalik Papa o`zining tirik qolganini “Yaratganning inoyati”, deb atadi.

Oradan to`rt kun o`tib, 1981 yilning 17 may kuni Rim Papasi omma oldida o`zining qotilini kechirganligini, uni o`sha kuni, ya`ni “Tez yordam” mashinasida kasalxonaga olib ketilayotgandayoq kechirganini ma`lum qildi. 1983 yilda esa, Papa 19 yillik qamoq jazosini o`tayotgan Agjani ko`rish uchun qamoqxonaga bordi. Uchrashuvda Papa qotilining qo`lini ushlab, uni kechirganligini o`ziga ma`lum qildi.

10 zamechatelnx primerov chelovecheskoy dobrot

Nelson Mandela inaugurasiyasiga o`zi jazoni o`tagan qamoqxona nazoratchisini taklif etdi

Nelson Mandela Janubiy Afrikada irqiy ayirmachilikka qarshi o`tkazilgan namoyishda qatnashganligi uchun 27 yilga ozodlikdan mahrum etiladi. U qamoq jazosini Robben orolida joylashgan qamoqxonada o`taydi.

1990 yilda ozodlikka chiqqandan keyin ham unda o`zi jazoni o`tagan qamoqxona nazoratchilaridan qasd olish niyati bo`lmaydi. Aksincha, oq tanli Xristo Brend ismli qamoqxona nazoratchisini 1994 yilda o`zining prezidentlik inaugurasiyasiga taklif qiladi. Shundan keyin ham u Xristo Brendni qamoqdan ozod bo`lganligining 20 yilligiga bag`ishlab o`tkazilgan tadbirga chaqiradi. Xristo Brendning aytishicha, Nelson Mandelaning bu harakati unga qattiq ta`sir qilib, hayotini tubdan o`zgartirgan. Uning Nelson Mandela bilan bo`lgan do`stligi olam ahli uchun “kechirim sabog`i” vazifasini o`tagan.

10 zamechatelnx primerov chelovecheskoy dobrot

Ivan Fernandes Anayya aytaylab Abel Mutaiga yutqazdi

Keniyalik, yugurish sporti bilan shug`ullanuvchi Abel Mutai 2012 yilda, Ispaniyada o`tkazilayotgan musobaqada etakchilikni qo`ldan bermadi. Marraga 10 metr qolganda, sportchi marra chizig`idan o`tdim, deb hisoblaydi va “g`alaba men tomonda”, degan qarorga kelib, sekinlashadi.

Ikkinchi o`ringa da`vogar bo`lgan, ispaniyalik sportchi Ivan Fernandes Anayya oltin medalni qo`lga kiritish imkoniyati mavjud bo`lsa-da, bunga harakat qilmaydi. U Abelga etib olib, uni marra chizig`idan birinchi bo`lib o`tishga undaydi. Keyinchalik Fernandes Anayya o`zining birinchi o`ringa loyiq emasligini, g`alaba haqqoniy bo`lishini istaganligini ma`lum qildi.

10 zamechatelnx primerov chelovecheskoy dobrot

Bayram munosabati bilan yarashgan dushmanlar

1914 yilning dekabriga kelib, Birinchi jahon urushi millionlab odamlarning yostig`ini quritishga ulgurgandi (mazkur urushda 14 million odam halok bo`lgan). Rojdestvo bayrami kuni nemis va britaniyalik askarlar orasida yarashuv kuni, deb e`lon qilindi. Shu kuni hech qanday otishuv va portlashlar bo`lmadi. Urushdan charchagan, sillasi qurigan askarlar esa dushman askarlari bilan bir-birining qo`lini siqib, bayram bilan tabrikladi. Yonlarida bo`lgan sigareta va konservalarni bo`lishib, iste`mol qilishdi. Nemis askarlarining okopidan esa, inglizcha qo`shiqlar yangradi.

10 zamechatelnx primerov chelovecheskoy dobrot

Eri va farzandlarining qotilini kechirgan ayol

1994 yilda Markaziy Afrikadagi xutu va tutsi xalqlari o`rtasidagi etnik urush avjiga chiqdi. Aynan shu yili Ifigeniya Mukentebana ismli ayolning eri va besh farzandi xutular tomonidan o`ldiriladi. Bu fojianing asosiy sababchisi esa Ifigeniyaning qo`shnisi Jan Bosko Biziman ismli odam edi.

Oradan o`n yil o`tib, “Ruandaning olamga yo`li” loyihasi doirasida savat to`qiyotgan Ifigeniya Epifaniya Mukanundvi ismli ayol bilan tanishib qoladi. Keyinchalik bu ayol Jan Basko Bizimanning rafiqasi ekanligini bilib qoladi.

Jan Boskoning o`zi esa, genosid paytida amalga oshirgan jinoyati uchun 7 yillik qamoq jazosini o`tayotgan edi. Uni sud qilgan Ruanda sudidan omma oldida kechirim so`raganda, Ifigeniya uning kechirganligini va bu kechirimdan keyin yashashga kuch topganligini ma`lum qiladi.

10 zamechatelnx primerov chelovecheskoy dobrot

“Linus loyihasi”

“Linus loyihasi” – bu tijorat tashkiloti emas. U kasalxonadagi bemor bolalar, mehribonlik uylari, ijtimoiy xizmat ko`rsatish va xayriya tashkilotlarini ko`rpa-to`shak bilan ta`minlovchi xayriya tashkilotdir. “Linus loyihasi”ning maqsadi oddiy – u insonlar o`zini bexavotir, qulay his qilishini ta`minlaydi. AQShning har bir shtatida “Linus loyihasi”ning mahalliy rahbari va “blanketeers” nomli ko`ngillari mavjud.

Masalan, Jorjiya shtatida 2010 yilda ko`ngillilar 1155 dona ko`rpani qavib, mahalliy bolalarga, 2012 yilda esa 147 dona ko`rpani “Sendi” dovulidan jabr ko`rganlarga tarqatdi.

10 zamechatelnx primerov chelovecheskoy dobrot

Bolalarga shafqatsiz munosabatda bo`luvchilarga qarshi kurashadigan baykerlar

Bolalarga shafqatsiz munosabatda bo`luvchilarga qarshi kurashadigan baykerlar – bu yana bir notijorat tashkilotdir. Ular 1995 yildan beri bolalarni zo`ravonlikdan himoya qilib keladi. Tashkilotning maqsadi, bolalarni jismoniy va ruhiy zo`ravonlikdan asrashdir. Bundan tashqari, mazkur tashkilot terapiya va terapevtik harakatlarni moliyalashtiradi. Ko`ngilli baykerlardan tashkil topgan tashkilot bolalar o`zini bexavotir his qilishlari uchun harakat qiladi. Baykerlar huquq-tartibot idorasi, enagalik qilish agentligi xodimlari va boshqalar bolalarga tayziq o`tkazgan vaziyatlarda, zo`ravonlik qilganda yordamga etib kelishadi. Ular ko`ngilli “drujinniklar” emas, balki tansoqchilar vazifasini o`tashadi. Baykerlar bolalarni maktabga, bog`chaga kuzatib qo`yadi va uylariga sog`-omon etishlariga yordam beradi.

“Factroom.ru” nashri

Sharhlar

​“Erim puli ko`paygach, o`zgarib qoldi...”

12.07.2017, 16:22

“Yoshim qirq beshda. Uch farzandning onasiman, bir qizimni turmushga uzatganman. Erimning ishlari 2-3 yil oldin yurishib ketdi, topish-tutishi yaxshilandi. Puli ko`paygach, u o`zgarib qoldi. Ichadigan...
​TO`LOVI € 100 000 BO`LGAN DUNYoNING ENG QIMMAT MAKTABI O`QUVChILARI QANDAY YaShAShADI

11.07.2017, 14:32

Doim boy odamlar qanday yashashini kuzatish qiziqarli. AdMe.ru Institut Le Rosey maktabiga sayohatga chorladi. Institut Le Rosey — Shveysariyada joylashgan qadimiy maktablardan biri. Uni «qirollik...
Sobiq millioner 20 yil mobaynida kimsasiz orolda yashadi

22.06.2017, 15:51

Avstraliyalik sobiq millioner Devid Gleshin (David Glasheen) 1987 yilda moliyaviy inqirozga uchragandan keyin 20 yil davomida kimsasiz orolda yashab kelmoqda, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.Ko`chmas...
​Forbes yana Bill Geytsni eng boy amerikalik deb tan oldi

22.06.2017, 15:09

Forbes tomonidan Amerikaning har bir shtatidan tanlab olingan boylar reytingiga ko`ra, Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts 88,9 milliard dollar bilan yana Amerikaning eng boy odami...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1