AsosiyDunyo
5166

​Xitoyda massaj salonidagi yong`in oqibatida 18 kishi halok bo`ldi (Video)

'​Xitoyda massaj salonidagi yong`in oqibatida 18 kishi halok bo`ldi (Video)'ning rasmi

Xitoyning sharqida joylashgan massaj salonlaridan birida chiqqan yong`in oqibatida 18 kishi halok bo`ldi, yana bir qancha kishi yaralandi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

5 fevral kuni, kechqurun Chjeszyan viloyatining Tyantay uezdida joylashgan massaj salonlaridan birida yong`in chiqdi. Mazkur salonda hammom va oyoqlar massaji xizmati ko`rsatilgan. Yong`in bir yarim soatdan keyin batamom o`chirilgan. Voqea joyidan 8 kishining jasadi topilgan, yana 10 kishi kasalxonada vafot etgan. 18 kishi turli tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Yong`in aks etgan videodan ikkinchi qavat derazasidan sakrayotgan odamlarni ko`rish mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar