AsosiyDunyo

​Kanadalik tennischi Shapovalov hakamning ko`ziga to`p bilan urdi (Video)

'​Kanadalik tennischi Shapovalov hakamning ko`ziga to`p bilan urdi (Video)'ning rasmi

Kanadalik tennischi Denis Shapovalov Devis kubogi matchida hakamning ko`ziga to`p bilan urgani uchun o`yindan chiqarildi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Voqea britaniyalik Kayl Edmund bilan bo`lgan hal qiluvchi matchning uchinchi setida bo`ldi. 17 yoshli Shapovalov yutqizayotganidan to`pni jaxl bilan urganda, to`p hakamning ko`ziga kelib tegdi. Uning bu harakati uchun texnik mag`lubiyat berildi.

To`rtta uchrashuvda tennis bo`yicha Buyuk Britaniya terma jamoasi Devis Kubogi jahon guruhining chorakfinaliga chiqdi.

“Men o`zimning bu qo`pol harakatim bilan guruhimni noqulay vaziyatga solib qo`ydim. Uyalganimdan o`zimni juda yomon his qilyapman”, dedi kanadalik tennischi.


    Boshqa yangiliklar