AsosiyDunyo
5852

​To`pli xokkey bo`yicha jahon chempionatida Rossiya madhiyasini unutib qo`ygan xonanda tomoshabinlarning g`azabiga duchor bo`ldi (Video)

'​To`pli xokkey bo`yicha jahon chempionatida Rossiya madhiyasini unutib qo`ygan xonanda tomoshabinlarning g`azabiga duchor bo`ldi (Video)'ning rasmi

Shvesiyada to`pli xokkey bo`yicha jahon chempionati matchi boshlanishidan ilgari Rossiya madhiyasini kuylayotgan qiz, so`zlarni unutib qo`ygani tomoshabinlarning jahl bilan hushtak chalishiga sabab bo`ldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Mazkur videoyozuvni Tvitter ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchilaridan biri o`z sahifasiga joylashtirdi.

Videoda xonanda qizning qo`shiq so`zlarini unutgani, ohangni o`zgartirib yuborgani aks etgan. Mazkur ijro ijtimoiy tarmoqlarda “bir yarim daqiqalik og`riq” deb ataldi.

Turnirning Shvesiyadagi tashkilotchilari Rossiya madhiyasini rus tilini umuman bilmaydigan mahalliy “yulduz”lardan biri ijro etganligini tushuntirishga harakat qildi. Xonanda qiz madhiyani kuylash davomida bir necha marotaba tutilib qoldi. Final matchi turnir egalari g`alabasi — 4:3 hisobi bilan yakunlandi. Skandinaviyaliklar o`n ikkinchi marotaba dunyo chempioni bo`ldi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar