1

​“Gazini bos, Jamshid” filmining taqdimotidan: “‘Avatar’ga ham shuncha odam tushmagan”

Shou-biznes 06.02.2017, 11:36
Teglar: Kino, Shou-biznes, Film, Toshkent, Taqdimot
​“Gazini bos, Jamshid” filmining taqdimotidan: “‘Avatar’ga ham shuncha odam tushmagan”

5 fevral, yakshanba kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyda yosh rejissyor Sur`at Islomovning “Gazini bos, Jamshid” deb nomlangan kinokomediyasi taqdimoti bo`lib o`tdi.

Film taklifnomasida “Xoynahoy yakshanba oqshomida do`stlar bilan ko`rishib, maza qilib kulishib, kayfiyatingizni ko`tarishni reja qilgandirsiz, unda sizni 5 fevral soat 18:00 da taqdimoti bo`lib o`tadigan ‘Gazini bos, Jamshid’ komediyasida kutamiz” deb yozilgan edi. Aytib o`tish joizki, film ijodkorlari taqdimot marosimiga tashrif buyurgan tomoshabinlarni miriqib kuldirishga muvaffaq bo`lishdi.

Taqdimot marosimiga shunchalik ko`p tomoshabin kelganidan, ko`pchilikka joy etmay qoldi. Biroq shunga qaramay, hech kimni zalni tark etmadi va tik oyoqda filmni tomosha qildi.

Taqdimot marosimi noodatiy tarzda boshlandi. Boshlovchilar ya`ni “MarkaZ” guruhi xonandalari film boshlangunga qadar tomoshabinlarga yaxshi kayfiyat ulashib turdi. Sahnaga bir necha xavaskor ijodkorlar taklif etilib, ular o`z iste`dodini namoyish etdi. Shundan so`ng xonanda Shuhrat Umar sahnada qo`shiq ijro etdi. Taqdimotda bir nechta qiziqarli o`yinlar ham o`tkazildi. Film ijodkorlari tanishtirilgach, “Gazini bos, Jamshid” filmi namoyish etildi.

Kartinada bosh rollarni Sur`at Islomov va komik aktyor Baxtiyor Turg`unovlar mahorat bilan ijro etgan.

Film voqealari talaba Jasurning homilador rafiqasining yoniga Samarqandga shoshilayotgani bilan boshlanadi. Jasur Jamshid ismli xazilkash va quvnoq haydovchi bilan tanishadi. Ular Samarqandga etib borgunicha bir olam qiziqarli sarguzashtlarni boshdan kechiradi...

“Gazini bos, Jamshid” komediyasini tomosha qilar ekansiz, voqealar rivojidan zerikmaysiz. Aksincha, “Endi nima bo`larkin?” deb kutasiz. Bu esa film ssenariysi va rejissurasi kuchli ekanligidan dalolat beradi.

Film taqdimot marosimi tugagach, tomoshabinlardan birining “ ‘Avatar’ga ham buncha ko`p odam tushmagan bo`lsa kerak”, degan xazili quloqqa chalindi. “Avatar”ni bilmadik-u, ammo yaqin kunlar ichida taqdim etilgan o`zbek filmlarining birontasida shunchalik ko`p tomoshabinni uchratmagan edik.


Film ijodkorlari:

Ssenariy mualliflari: Solih Solihov, Sur`at Islomov, postanovkachi rejissyor: Sur`at Islomov, postanovkachi operator: Baxtiyor Nabiev, bastakor: Baxtiyor Otaxonov, prodyuserlar: Erkin Karimov, Sur`at Islomov.

Sharhlar

Toshkentda o`rtacha oylik ish haqi 8 mln so`mdan oshdi

29.04.2024, 14:00

2024 yilning yanvar-mart oylarida nominal hisoblangan ish haqi o`rtacha 8 mln.ni tashkil etadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.  Ish haqining eng yuqori ko`rsatkichlari Toshkent...
Toshkentda ijara narxlari pasaydi(mi?)

22.04.2024, 15:52

Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari ma`lum qildi. 2024 yil mart oyida fevralga nisbatan poytaxtda o`rtacha ta`mirlangan xonadonlar ijara...
Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1