7-10 fevral kunlari O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegasiya rasmiy tashrif bilan Quvayt Davlatida bo`ladi.
Tashrif dasturidan Bosh vazir shayx Jaber al-Muborak al-Hamad as-Sabah, Bosh vazirning birinchi o`rinbosari, Tashqi ishlar vaziri shayx Sabah al-Xolid al-Hamad as-Sabah, Milliy majlis Raisi Marzuq Ali Muhammad al-G`anim bilan uchrashuv va muzokaralar o`tkazish o`rin olgan.
O`zbekiston delegasiyasi O`zbekiston-Quvayt biznes-forumi va boshqa qo`shma tadbirlarda ham ishtirok etadi.
Tashrif damovida investisiya, ta`lim va ilmiy tadqiqot sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga yo`naltirilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.






