AsosiyDunyo

​Cverdlovsklik erkak suvaraklarni ko`paytirib yuborgani uchun qo`shni ayolni tiriklay yoqib yubordi

'​Cverdlovsklik erkak suvaraklarni ko`paytirib yuborgani uchun qo`shni ayolni tiriklay yoqib yubordi'ning rasmi

Rossiyaning Sverdlov viloyatidagi Sredneuralsk shahrida yashovchi erkak suvaraklarni ko`paytirib yuborgani uchun yotoqxonadagi qo`shni ayolni yoqib yubordi, deb xabar berdi “Ntv.ru” nashri.

Qo`shnilar suvaraklarning ko`paygani yuzasidan janjallashganidan keyin ayol ikkinchi qavatdagi o`z xonasiga ko`tarilgan. Erkak esa ayolning eshigiga yonuvchi suyuqlik sepib, o`t qo`ygan. Yong`in oqibatida qo`shni ayol halok bo`lgan. Halok bo`lgan ayoldan tashqari xonada uning opasi va jiyani bo`lgan, ular derazadan sakrab, tan jarohati olgan.

Sudlanuvchi sud jarayonida o`z aybini tan oldi. Sud uni qattiq tartibli koloniyada o`tash uchun 17 yillik qamoq jazosiga hukm etdi.

Boshqa yangiliklar