AsosiyDunyo

​14 yoshli qiz attraksionda halok bo`ldi (Video)

'​14 yoshli qiz attraksionda halok bo`ldi (Video)'ning rasmi

Xitoyning Chunsin shahridagi attraksionda uchayotgan 14 yoshli qiz attraksiondan tushib ketib, halok bo`ldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Mazkur voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. Bu voqea o`tgan juma kuni yuz berdi. Videoda attraksionning aylanib, ishga tushganini, oradan bir necha soniya o`tgach, attraksionda o`tirgan qizning pastga tushib ketgani aks etgan. Shifokorlar qizning hayotini saqlab qololmadi, u kasalxonada vafot etdi.

Nashrning ma`lumot berishicha, baxtsiz hodisaga attraksion xodimining xavfsizlik kamarini noto`g`ri bog`lagani sabab bo`lgan. Hozirda hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar