AsosiyDunyo
5391

​OAVlar Melaniya Trampning mehnat faoliyatidagi “qora dog`lar”ni aniqladi

'​OAVlar Melaniya Trampning mehnat faoliyatidagi “qora dog`lar”ni aniqladi'ning rasmi

Melaniya Trampning advokatlari uni eskort-xizmatida faoliyat yuritgan, deb noto`g`ri ma`lumot bergani uchun Daily Mail nashrining ustidan yana sudga da`vo arizasi bilan murojaat etdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Avgust oyida mazkur nashr, AQShning birinchi xonimi Melaniya Trampning 90 yillarda eskort-xizmatida ishlagani haqida yolg`on ma`lumot bergani uchun uning advokatlari Merilend shtati sudiga da`vo arizasi bilan murojaat qildi.

Keyinchalik Britaniya gazetasi Trampning rafiqasi haqidagi maqolani olib tashladi. Merilend sudi o`tgan hafta Buyuk Britaniyada joylashgan nashrga nisbatan sud qilish huquqiga ega emasliklarini hisobga olib, da`vo arizasini ko`rib chiqishga ehtiyoj yo`q, degan qarorga keldi.

Endi Melaniya Trampning advokatlari Nyu-York shahar sudiga murojaat qilib, etkazilgan ma`naviy zarar uchun 150 million dollar tovon puli to`lashni talab qildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar