1

​Dmitriy Dyujev o`zbekistonlik talabaning filmida suratga tushdi (Foto)

Shou-biznes 07.02.2017, 10:16
Teglar: Kino, O`zbekiston, Aktrisa, Film, Aktyor, Rossiya
​Dmitriy Dyujev o`zbekistonlik talabaning filmida suratga tushdi (Foto)

Rossiyalik taniqli kino va teatr aktyori, rejissyor, «Brigada», «Jmurki», «Ostrov» kabi serial va filmlarda bosh qahramon obrazini yaratgan Dmitriy Dyujev 3 fevral kuni Toshkentga kelgani haqida avval ham xabar bergan edik.

Dmitriy Dyujev, Ra`no Shodieva hamda Karim Mirxodiev 4-5 fevral kunlari O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutining birinchi bosqich talabasi Muxlisa Azizovaning ishchi nomi «U» («Ona») bo`lgan filmida suratga tushdi.


Bungacha Muxlisa Azizova «Geolog: O`limdan kuchli» deb nomlangan filmning loyiha muallifi hamda «Tinchlik sohili» deb nomlangan qisqa metrajli filmning postanovkchi rejissyori sifatida kino olami vakillari hamda muxlislarga yaxshi tanish.

“HD CINEMA”kinokompaniyasi filmni suratga olish uchun O`zbekiston Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi pavilonida film uchun maxsus dekorasiya hozirlandi.

Muhtasham dekorasiyada har bir buyumga alohida e`tibor qaratilgani e`tiborga molik.

54 kishidan iborat katta jamoa ikki kun mobaynida, uzviy davomiyligi 15 daqiqaga yaqin davom etadigan ishchi nomi «U» («Ona») bo`lgan filmni suratga olish ishlarini yakunlashdi.

Dmitriy Dyujev film ssenariysi, mavzusidan tortib, toki ijodiy jamoaning faolligi, yuqori darajadagi tashkillashtirilgan tashkilotchilik ishlarini alohida e`tirof qildi.

Filmning loyiha hamda g`oya muallifi Abdujamil Sodiqov, ssenariy mualliflari Dilmurod Masaidov, Mansur Vasati, Operator Dilmurod Turdiboev, Prodyuser Oybek Abdushukrov

Filmni ovozlashtirish va montaj ishlari Moskva shahrida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.

70 xalqaro Kan kino festivali uchun suratga olinayotagan mazkur filmning montaj va ovozlashtirish ishlari qachon yakunlanishi haqida hozircha aniq ma`lumot yo`q.

Jurnalist Feruz Muhammad Darakchi.uz nashri uchun suratga olish maydonchasidan suratlarni taqdim qildi.

Sharhlar

Rossiya Eronga 24ta qiruvchi samolyot bermoqchi

21.04.2024, 17:45

Kelgusi haftada Rossiya Eronga 24 ta Su-35 qiruvchi samolyotini topshiradi. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri ma`lum qilgandi. Eronning bir qator OAVlarining xabar berishicha, Rossiya...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
Rossiyadagi eri bilan janjallashgan ayol farzandlarini kaltakladi. Onaga nisbatan jinoiy ish ochildi (video)

15.07.2023, 09:45

Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida 1996 yilda tug`ilgan ayol Rossiyada ishlovchi eri bilan janjallashishi oqibatida ikki nafar voyaga etmagan qiz farzandlarini kaltaklab, uni tasvirga olib, eriga...
Rossiyalik qutqaruvchilar Turkiyadagi vayronalar ostidan 150 ming AQSh dollari topib olishdi

14.02.2023, 13:14

Rossiyalik qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Turkiyadagi turar-joy binosi vayronalarini tozalash chog`ida katta miqdorda pul topdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi."Rossiya Favqulodda vaziyatlar...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1