Buyuk Britaniyada boshqa itlardan keskin farq qiluvchi kuchuk bolasi dunyoga keldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Labrador-retriver zotiga mansub bo`lgan kuchuk bolasining rangi yam-yashildir. Avvaliga itning egasi Fifi laqabli kuchuk bolasining rangini qora deb o`yladi, ammo vaqt o`tgan sari kuchukcha junining rangi yashilligini payqadi. Fifining opasi va akasi ham bor, ular boshqa kuchuk bolalaridan deyarli farq qilmaydi. Yashil kuchuk bolasining onasi Millining juni jigarrangdir. Ekspertlar Fifining yashil jun bilan dunyoga kelishiga it yo`ldoshida katta miqdorda biliverdin moddasining mavjudligi sabab bo`lganligini ma`lum qildi. Sariq kasalligiga chalingan odamlarning terisi rangi ham yashil tusga kiradi.
Kuchukchaning rangini ko`rgan egalari uning ismini “Shrek” multfilmidagi malika Fiona sharafiga Fifi deb atashdi.