AsosiyJamiyat

​“Kamolot”ga yangi rahbar tayinlandi

'​“Kamolot”ga yangi rahbar tayinlandi'ning rasmi

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga Sarvar Ashurov tayinlandi. Bu haqda “Kamolot” saytida ma`lum qilindi.

Ashurov Sarvar G`anievich 1982 yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug`ilgan. O`zbekiston Milliy universiteti hamda Toshkent Moliya institutlarini tamomlagan. 2013 yildan buyon «Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengash raisi o`rinbosari, «Kamalak” bolalar tashkiloti raisi. «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

Eslatib o`tamiz, 2010 yildan buyon “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Bahodir G`aniev shu yilning yanvar oyida Prezident Devoni yoshlar siyosati masalalari sektoriga rahbar etib tayinlangandi.

    Boshqa yangiliklar