1

​Aholi omonatlarini jalb qilish bo`yicha yilning eng yaxshi banklari aniqlandi

Jamiyat 07.02.2017, 15:22
Teglar: O`zbekiston, Bank
​Aholi omonatlarini jalb qilish bo`yicha yilning eng yaxshi banklari aniqlandi

Aholi omonatlarini jalb qilish bo`yicha respublika tijorat banklari o`rtasida o`tkazilgan tanlov g`oliblari aniqlandi. Tanlovda jami 27 ta tijorat bankining 855 ta filiali, 4 299 ta mini-banki hamda maxsus kassalari ishtirok etdi.

Tanlov g`oliblarini tantanali taqdirlash marosimi 4 fevral kuni O`zbekiston banklari Assosiasiyasida bo`lib o`tdi.

2016 yil davomida tijorat banklari aholi omonatlarini jalb qilish yo`nalishidagi faoliyatlarini jadallashtirgani, bank xizmatlari to`g`risida aholining xabardorlilik darajasi oshgani hamda ko`plab yangi omonat turlari joriy etilgani kuzatildi.

Omonat hisobvaraqlariga qo`yiladigan mablag`lar barcha turdagi soliqlardan ozod etilgan bo`lib, ularning manbalari deklarasiya qilinmaydi hamda ushbu mablag`larni omonatchilar cheklovlarsiz tasarruf etadilar.

Bunday imtiyoz va qulayliklar bank tizimini yanada rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda. Bugun mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan aholiga milliy hamda chet el valyutasida cheklanmagan miqdorda va muddatlarda 250 dan ortiq omonat turlarini taklif etmoqda. Depozitga qo`yilayotgan mablag`larning miqdori oxirgi besh yilda 3,5 marotabaga, 2016 yilda esa 25,2 foizga oshdi.

Tanlov g`oliblarini tantanali e`lon qilish mariosimida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O`zbekiston banklari Assosiasiyasi, Fuqarolarning banklardagi omonatlarni kafolatlash fondi va tijorat banklarining rahbarlari ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko`ra, g`oliblar sakkizta asosiy va o`n bitta qo`shimcha nominasiyalar bo`yicha taqdirlandi.

Quyidagilar tanlov g`oliblari deb e`tirof etildi:

1. «Aholi omonatlarini jalb qilish bo`yicha yilning eng yaxshi banki» nominasiyasida:

Birinchi o`rin – «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka banki;

Ikkinchi o`rin – O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki;

Uchinchi o`rin – O`zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki.

2. «Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo`yicha yilning eng yaxshi filiali» nominasiyasida:

Birinchi o`rin – «Orient Finans» xususiy aksiyadorlik tijorat bankining Yunusobod filiali;

Ikkinchi o`rin – «Turonbank» aksiyadorlik tijorat bankining Jizzax filiali;

Uchinchi o`rin – «Aziya-alyans bank» aksiyadorlik tijorat bankining Shayxontohur filiali.

3. «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo`yicha yilning eng yaxshi filiali» nominasiyasida:

Birinchi o`rin – «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining Shovot filiali, Xorazm viloyati;

Ikkinchi o`rin – O`zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Ishtixon filiali, Samarqand viloyati;

Uchinchi o`rin – «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining Chust filiali, Namangan viloyati.

4. «Plastik kartochkalar asosida ish haqi loyihalarini amaliyotga joriy etish bo`yicha eng yaxshi bank filiali» nominasiyasida:

Birinchi o`rin – «Asaka» aksiyadorlik tijorat bankining Sirdaryo viloyat filiali;

Ikkinchi o`rin – «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining Bosh ofisi, Toshkent shahri;

Uchinchi o`rin – O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Toshkent viloyat bo`limi.

5. «Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo`yicha yilning eng yaxshi mini-banki» nominasiyasida:

Birinchi o`rin – «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankining Samarqand filiali «Temir yo`l» mini-banki;

Ikkinchi o`rin – «Kapitalbank» aksiyadorlik tijorat bankining Mirzo Ulug`bek filiali «Kadishev» mini-banki;

Uchinchi o`rin – «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining Shayxontohur filiali «Xadra» mini-banki.

6. «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo`yicha yilning eng yaxshi mini-banki» nominasiyasida:

Birinchi o`rin – O`zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Surxondaryo viloyati, Qiziriq filiali, «Bandixon» mini-banki;

Ikkinchi o`rin – «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankining Qoraqalpog`iston Respublikasi Beruniy filiali, «Bo`ston» mini-banki;

Uchinchi o`rin – Chet el kapitali ishtirokidagi «Xamkorbank» aksiyadorlik tijorat bankining Andijon viloyati, Shahrixon filiali, «Shohbekat» mini-banki.

7. «Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo`yicha yilning eng yaxshi jamg`arma/maxsus kassasi» nominasiyasida:

Birinchi o`rin – «Invest Finans Bank» aksiyadorlik tijorat bankining Xorazm viloyat filialiga qarashli 1-sonli jamg`arma kassasi;

Ikkinchi o`rin – “Ipak Yo`li” aksiyadorlik innovasiya tijorat bankining Navoiy filialiga qarashli 1-sonli jamg`arma kassasi;

Uchinchi o`rin – «Aloqabank» aksiyadorlik tijorat bankining Buxoro filialiga qarashli 1-sonli jamg`arma kassasi.

8. «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo`yicha yilning eng yaxshi jamg`arma/maxsus kassasi» nominasiyasida:

Birinchi o`rin – Chet el kapitali ishtirokidagi «Savdogar» aksiyadorlik tijorat bankining Do`stlik filialiga qarashli 1-sonli jamg`arma kassasi, Jizzax viloyati;

Ikkinchi o`rin – «O`zbekiston sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat bankining Muborak filialiga qarashli 1-sonli jamg`arma kassasi, Qashqadaryo viloyati;

Uchinchi o`rin – «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining Ohangaron filialiga qarashli 3-sonli jamg`arma kassasi, Toshkent viloyati.

Sharhlar

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
Andijonda “bank xodimi” qo`lga tushdi

02.04.2024, 12:24

Andijon shaharida o`zini bank xodim deb tanishtirgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.Departamentning Andijon shahar bo`lim tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1