1

​Gulchehra Eshonqulova qaynonasi bilan munosabatlari haqida gapirdi

Shou-biznes 07.02.2017, 15:55
Teglar: Shou-biznes, Aktrisa, Oila
​Gulchehra Eshonqulova qaynonasi bilan munosabatlari haqida gapirdi

Aktrisa Gulchehra Eshonqulova-Sharapova jurnalist Jasur Hamroevning Facebook`dagi sahifasi muxlislari bilan orqali muloqot qildi. Muloqotda aktrisaning turmush o`rtog`i Sharof Sharapov ham ishtirok etdi.

“Gulchehradagi mehr, uning har qanday vaziyatda ham taslim bo`lmasligi mehrimni qozongan. Biz oxirigacha birga bo`lishga ahd qilganmiz va taslim bo`lmaymiz”, deydi Sharof Sharopov rafiqasining qaysi xislati unga manzur bo`lgani haqida gapirar ekan.

“Biz nima sababdan birga bo`ldik? Chunki bizning hayot borasidagi qarashlarimiz bir xil. Mening maqsadim ham ularning maqsadi ham oila qurish edi. Oila uchun kurashdik. Sevgi-muhabbat o`z yo`liga, lekin oilani hamma narsadan ustun qo`ydik”,— deydi Gulchehra Eshonqulova turmush o`rtog`ining so`zlarini davom ettirar ekan.

“Onangizning Gulchehra Eshonqulovaga uylanganingizda qanday munosabat bildirgan edi? Hozirda sizning oilangizga ularning munosabatlari qanday?” degan savolga Sharof va Gulchehra quyidagicha javob berdi:

“Onam bilan munosabatimiz juda yaxshi. Insonning qalbiga yo`l topa bilish kerak. Gulchehra onamning ko`ngliga yo`l topa olgan”, — deydi Sharof Sharapov.

“Qaynonam eng yaqin dugonam. Ko`z tegmasin. Hozir Samarqandda qaynonam bilanman. Tojik tilini o`rganyapman”,— deydi Gulchehra.

Shuningdek, Gulchehra turmush o`rtog`idagi hurmatga sazovor xislatlar haqida ham gapirib o`tdi:

“Qizg`anchiqligi, rashkchiligi, jiddiy, hayotda o`z maqsadiga ega inson ekanligini hurmat qilaman”.

Suhbat davomida aktrisaning ko`p sonli muxlislari nima uchun keyingi paytlarda kinolarda ko`rinmayotgani haqida so`radi.

“Hozir men oilali insonman. Farzandim hali judayam kichkina. Ayni paytda uning tarbiyasi bilan bandman. Kelgusida turmush o`rtog`im bilan birga kinodagi faoliyatimni davom ettirish niyatidaman”, deb javob berdi Gulchehra Eshonqulova-Sharapova bu savollarga javoban.

Ma`lumot uchun, avvalroq Gulchehra va Sharof Sharapovlar 17 fevral kuni o`g`illari Amirbekka sunnat to`yi qilishi haqida xabar bergan edik.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Gavhar Sharipovaga haydovchi shilqimlik qilganligi holati yuzasidan qo`shimcha bayonot berildi

20.11.2019, 14:21

“Aktrisaga shilqimlik qilingan, u esa yurib ketayotgan yuk mashinadan o`zini tashlagan” Qashqadaryo YHXB qo`shimcha bayonot berdi.2019 yil 18 dan 19 noyabrga o`tar kechasi soat 02:20...
O`zbekistonda qancha oila faqat sha`riy nikoh asosida yashagani aniqlandi

14.11.2019, 18:36

 O`zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o`tkazilgach, faqatgina sha`riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350tadan ortiq oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.Bu haqda 13 noyabr kuni oila...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1