Rossiyaning Krasnoyarsk prokuraturasi internetni monitoring qilish jarayonida biror odamni o`ldirish uchun qotil yollash xizmatini reklama qilayotgan saytni aniqladi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Mazkur saytga hech qanday qiyinchiliksiz kirish mumkin. U ro`yxatdan o`tishni talab qilmaydi, parol so`ramaydi, istagan foydalanuvchi bemalol kirishi va ma`lumotlar bilan tanishishi mumkin. Bunday ma`lumotlarni saytga joylashtirish noqonuniy hisoblanadi. Prokuratura qotillikni buyurtma qiluvchi mazkur saytga nisbatan chora ko`rish uchun sudga murojaat etdi, sud uning murojaatini qanoatlantirdi.